Oila kodeksiga farzand asrab oluvchilar «kamida ikki yil birga nikohda yashagan shaxslar, shuningdek, 25 yoshga to‘lgan fuqarolar» bo‘lishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Hozirda bola asrab olish faqat «voyaga yetgan fuqarolarga» ruxsat etilgan.
Milliy gvardiya qo‘mondoni farzand asrab olgan oilalarni soliqlardan ozod qilish, qolaversa, ularga alohida to‘lovlar, imtiyozlar yoki kompensatsiyalar to‘lab berishni taklif qildi. «Farzandlikka olganga ham qandaydir pul to‘lovlari berilsa, bola asrab olish keskin ko‘payib ketadi degan umiddamiz», — dedi u. Shuningdek, bolani avvalambor o‘z oilasida qoldirish yoki yaqin qarindoshiga vasiylikka berish choralarini ko‘rish zarurligi aytildi.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan farzandlikka olishni taqiqlash tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting